Qaşqadaryo viloyatida 7-sinf qiz unaştirilgani haqida videolavha tarqaldi. Unda bir ayol yoş qizning böyniga taqinçoq taqqanini köriş mumkin. 

Holat yuzasidan Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova tomonidan örganiş olib borildi. Qayd qilinişiça, voqea Qaşqadaryo viloyati, Kökdala tumanida sodir bölgan. 

Qizning ota-onasi videodagi holat aslida farzandining tuğilgan kuni munosabati bilan ötkazilgan tadbir ekani töğrisida tuşuntiriş bergan. Şuningdek, holat töy yoki unaştiruv marosimi emasligi, qizini erta turmuşga beriş niyati yöqligi, uni öqitiş va şifokor qiliş niyatida ekanini aytgan. 

Bolalar ombudsmanining ta’kidlaşiça, bu hududda qizlarning unaştiruv marosimini erta ötkaziş urf-odati qisman bölsa-da saqlanib qolgan. Şu sababli, ombudsman holat böyiça nazoratni davom ettiradi, bolaning jismonan va ma’nan soğlom muhitda parvariş qilinişi, uning ta’lim oliş huquqi hamda kelgusida öz hayoti bilan boğliq qarorlarni qabul qiliş huquqi ta’minlanişini kuzatib boradi. 

Bolalar ombudsmani qizlarni erta turmuşga beriş holatlariga mutlaqo murosasiz bölib, şunday fikrda bölgan ota-onalarni nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş uçun qonunan javobgarlik belgilangani haqida ogohlantirgan.