Qatarda yaşovçi Haniya odatda faqat muvaffaqiyatga erişiş ehtimoli yuqori bölgandagina diplomatik jarayonlarga oşkora qöşila boşlaydi.
Oxirgi marta u Misrga noyabr oyi boşida, uruşda bugungaça yagona bölib turgan otaşkesim e’lon qilinişi arafasida taşrif buyurgandi - öşanda öt oçişni töxtatiş rejimi bir hafta davom etgan va garovdagilarning yuzdan ortiği ozod etilgandi.
Muzokaralarning borişidan xabardor bölgan manba Reuters agentligiga aytişiça, ular sulh haqidagi yangi kelişuv doirasida hamon Ğazoda garovda qolayotganlardan kimlarni ozod etiş va Isroil buning evaziga qaysi mahbuslarni qaytarişini muhokama qilişadi.
BBC muxbiri Yolanda Knellning ta’kidlaşiça, Ğazo sektorida töliq öt oçişni töxtatişga hali uzoq bölsa-da, Isroil va HAMAS örtasida harbiy harakatlarda yangi tanaffus bölişining belgilari paydo bölmoqda.
Ammo buning uçun HAMAS bildirib kelayotgan öz pozitsiyasini özgartirişi kerak böladi. Harakat muntazam ravişda bunda buyon isroillik asirlarni faqat butkul öt oçişni töxtatiş evaziga qöyib yuborişi mumkinligini aytib kelmoqda.
Mahalliy naşrlarga köra, Isroil ayollar va keksa yoşli kişilar yoki davolanişga muhtoj bölgan asirlarni ozod etişga intilmoqda. Buning evaziga Isroil qamoqxonalarida jiddiy jinoyatlarda aybdor deb topilgani uçun saqlanayotgan falastinlik mahbuslar qöyib yuborilişi mumkin.
Reuters manbasiga köra, muzokaralar jadal davom etmoqda va bir neça kun içida kelişuvga erişilişi mumkin.
Falastinlik amaldorlardan biri Haniya Misr rasmiylarining muammoga yangiça yondaşuv böyiça takliflarini eşitişni istayotgani aytgan va rasman HAMAS har qanday yangi vaqtinçalik otaşkesimni rad etişi va harbiy harakatlarni butunlay töxtatişni talab qilişini qayd etgan.
«HAMASning pozitsiyasi özgarmaydi: ular gumanitar pauza istamaydi. HAMAS Isroilning Ğazodagi uruşi töliq töxtatilişini istaydi, - degan falastinlik mulozim. - Haniya va HAMAS hamişa Misrning sa’y-harakatlarini yuqori baholagan. Bugun u Isroil yoki Misrdan yangi takliflar eşitiş uçun Qohirada. Natijalar haqida gapirişga hali ert».
Yuqori martabali isroillik mulozim hukumatning uruş faqat garovdagilarning barçasi ozod etilişi va HAMAS yakson etilişi bilan yakunlanişi haqidagi pozitsiyasini takrorlagan: «Boş vazir aytganidek, uruş faqat töliq ğalaba bilan yakunlanadi».
















