2023 yil 21 dekabr kuni Taşqi işlar vazirligiga Rossiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Oleg Malginov taklif etildi. Uçraşuv davomida Rossiya vakiliga «Rossiya segodnya» matbuot-markazida bölib ötgan anjumanda «Spravedlivaya Rossiya – za pravdu» partiyasi hamraisi Zaxar Prilepinning Özbekiston hududini Rossiyaga qöşib oliş zarurligi haqidagi taklifi mamlakatimizda çuqur taşviş hissi bilan qabul qilingani qat’iy tarzda yetkazildi.

«Rossiya Federatsiyasi kabi döst mamlakat partiya rahbarlarining bunday öylamay bildirayotgan munosabatlari, afsuski, Özbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhiga mos kelmasligi ma’lum qilindi. 

Rossiya ommaviy axborot vositalarida keng tarqalgan bu kabi bayonotlar ataylab provokatsion ruhda bölib, xalqlarimiz örtasida örnatilgan tarixiy döstona munosabatlarga salbiy ta’sir körsatişi mumkin», deyiladi TIV xabarida.

Öz navbatida, Oleg Malginov töliq mas’uliyat bilan Prilepinning bayonotlari Rossiya Federatsiyasi rahbariyatining döst va mustaqil Özbekiston töğrisidagi rasmiy pozitsiyasiga umuman aloqasi yöqligini qayd etgan.

Rossiya Federatsiyasining Özbekistondagi vakili sifatida elçi «Özbekiston Respublikasining suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi uning mamlakatida heç qaçon şubhaga olinmagani»ni ta’kidladi.

Malginov, şuningdek, Rossiya Taşqi işlar vazirligi yaqin vaqt içida uşbu hodisa böyiça izoh berişni rejalaştirayotganini ta’kidladi.