10-oktabr kuni Ar-Riyod şahridagi qirol Xolid nomidagi xalqaro aeroportning 3-terminaliga ballistik raketa bilan berilgan zarba oqibatida Özbekistonning ikki nafar fuqarosi yengil jarohat olgan. Bu haqda Özbekiston TIV matbuot kotibi Omonulla Fayzullayev maʼlum qildi.
1977 va 1997-yillarda tuğilgan uşbu fuqarolar dastlabki tibbiy yordam körsatilganidan keyin Diriyah Hospital şifoxonasiga olib borilgan. Tibbiy körik va zarur muolajalardan söng ularning har ikkisiga şifoxonadan javob berilgan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, Özbekistonning hodisa vaqtida aeroport hududida bölgan yana 20 nafarga yaqin boşqa fuqarolari jabrlanmagan.
«Özbekistonning Ar-Riyoddagi elçixonasi Saudiya Arabistonining tegişli idoralari bilan hamkorlikda vaziyatni kuzatib bormoqda, fuqarolarimiz bilan doimiy aloqada bölib, zarur konsullik yordamini körsatmoqda», – deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 10-oktabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxtidagi aeroportga husiyçilar tomonidan raketa zarbasi berilişi oqibatida 12 kişi halok bölib, 300 dan ortiq kişi yaralangan. Qurbonlardan tört nafari Saudiya fuqarolari, şuningdek, AQŞ, Misr, Iordaniya, Suriya, Falastin va Sudan fuqarolari halok bölgan. Özbekiston TIV tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qilingan hujumni qatʼiy qoralab bayonot berdi.












