Uşbu qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga bir qator özgariş va qöşimçalar kiritilmoqda. Daraxtlarni, butalarni va nihollarni qonunga xilof ravişda kesiş, şikastlantiriş yoki boşqa joyga köçiriş uçun belgilangan jarima miqdori 5 baravarga oşirilmoqda. 

Jumladan, uşbu huquqbuzarlik uçun fuqarolar BHM 25 baravaridan 50 baravarigaça — 8,5 million sömdan 17 million sömgaça (amalda 5 baravaridan 10 baravarigaça), mansabdorlar esa BHM 50 baravaridan 75 baravarigaça — 17 million sömdan 25,5 million sömgaça (amalda 10 baravardan 15 baravargaça) jarimaga tortiladi. 

Uşbu huquqbuzarlik jarima qöllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda jarima miqdori fuqarolarga BHM 50 baravaridan 75 baravarigaça (17 milliondan 25,5 milliongaça) mansabdor şaxslarga esa 75 baravaridan 100 baravarigaça (25,5 milliondan 34 milliongaça) oşiriş yoki huquqbuzarga nisbatan 15 sutkagaça bölgan muddatda ma’muriy qamoqqa oliş jazo çorasi nazarda tutilmoqda. 

Şuningdek, daraxt va butalarning qimmatbaho turlarini kesiş yoki yöq qilişga olib keladigan loyiha hujjatlarini tayyorlaganlik uçun mansabdor şaxslarga BHM 50 baravaridan 75 baravarigaça miqdorda jarima şaklidagi ma’muriy javobgarlik kiritilmoqda. 

Qonun bilan «Ösimlik dunyosini muhofaza qiliş va undan foydalaniş töğrisida»gi qonunga ham qöşimçalar va özgartirişlar kiritilmoqda. 

Xususan, davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarini ğayriqonuniy ravişda kesganlik, yöq qilganlik uçun yuridik şaxslarga nisbatan BHM 100 baravaridan 300 baravarigaça miqdorda moliyaviy sanksiyalar qöllanilişi belgilanmoqda (34 million sömdan 102 million sömgaça). 

Şuningdek, uşbu huquqbuzarlikni sodir etgan şaxs har bir daraxt va buta örniga qimmatbaholigi jihatidan kam bölmagan 100 tup daraxt va buta köçatini aynan şu joyga öz hisobidan ekişi hamda ularni 3 yil davomida parvariş qilişi şartligi belgilanmoqda.