Prezident «Özbek tili va adabiyoti» fani öqituvçilariga ham xalqaro sertifikatga ega bölgan boşqa fan öqituvçilaridan kam bölmagan miqdorda qöşimça haq tölanişi adolatdan bölişini ta’kidladi.
Şu maqsadda milliy sertifikatga ega bölgan «Özbek tili va adabiyoti» fani öqituvçilariga kelgusi öquv yilidan boşlab 50 foiz ustama tölanadi.
Özbek tili böyiça xalqaro fan olimpiadasi ötkazilişi, ğolib va sovrindorlari pul mukofoti bilan taqdirlanişi hamda oliygohlarga özbek tili filologiyasi yönalişi böyiça davlat granti asosida öqişga qabul qilinişi belgilandi.
Şuningdek, kelgusi yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini köp ming nusxalarda çop etiş va barça kutubxonalarga yetkazib beriş lozimligi ta’kidlandi.
Şu bilan birga, har yili eng yaxşi badiiy asarlar yaratiş, tarjima qiliş uçun ijodiy buyurtmalar berilib, muallif va tarjimonlarga munosib qalam haqi tölanadi.
Allomalarimizning yoşligi haqida kitoblar yoziş, yozganda ham bolalarbop qilib yoziş kerakligi körsatib ötildi.
Bu işlarni rağbatlantiriş, yangi bosqiçga kötariş uçun kelgusi yili mamlakatimizda Xalqaro bolalar adabiyoti körgazmasi taşkil etiladi.

Naşriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlari kengaytirilişi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlanişi zarurligi ta’kidlandi.
Şu maqsadda uşbu korxonalar 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Şuningdek, ularga imtiyozli kreditlar ajratiladi.
Prezidentimiz tarjimonlikdek mas’uliyatli mehnatni munosib rağbatlantiriş uçun uluğ şoir va tarjimon Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etişni taklif etdi.
Hududlardagi bolalar kutubxonalari bosqiçma-bosqiç bolajonlarimizning sevimli maskaniga aylantirilişi ta’kidlandi.

Davlat rahbari köplab xorijiy davlatlarda metsenatlik harakati keng yoyilganini qayd etib, bizning hayotimizga ham kirib kelayotganini olqişladi.
2017 yilda taşkil etilgan 70 ga yaqin «Döstlar klubi» tomonidan madaniyat muassasalariga 85 milliard söm homiylik yordami körsatilgan.












