Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovning Tomdi tumani hokimi Qayrat Aldabergenovni lavozimdan ozod etiş haqidagi qarori qabul qilindi. Qarorga köra, tuman hokimi öz arizasiga binoan işdan olingan.
Bugun xalq deputatlari Tomdi tumani kengaşining navbatdan taşqari oltmiş uçinçi sessiyasi bölib ötgan. Sessiyada Normat Tursunov sözga çiqib, Q.Aldabergenovni tuman hokimi lavozimidan ozod etiş töğrisida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini öqib eşittirgan.
Uşbu qaror xalq deputatlari Tomdi tumani Kengaşi deputatlari tomonidan ma’qullangan. Tomdi tumani hokimi vazifasini vaqtinça bajariş Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari Orzumurod Umarov zimmasiga yuklatilgan.
Ma’lumot uçun, Qayrat Aldabergenov 1966 yil Nurota tumanida tuğilgan. Uzoq yillar soliq tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2009 yildan bugungaça Tomdi tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi. 2014 yilda «Döstlik» hamda 2021 yilda «Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan mukofotlangan.











