Navoiy viloyatining Tomdi tumanida dahşatli qotillik jinoyati sodir etildi. Bu işga qöl urgan erkak sud hukmi bilan umrbod ozodlikdan mahrum qilindi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmida keltirilişiça, 41 yoşli Salim Rustamov Tomdi tumanidagi fermer xöjaliklardan birida haydovçi bölib işlagan. U öziga biriktirilgan HOWO yuk maşinasida çorva mollari uçun suv taşigan.

Salim Rustamov 2008 yilda Gulmira Ergaşeva bilan turmuş qurgan. Oila avvaliga Zarafşon şahrida, söngra Tomdi tumanining Şarq ovulidagi dalahovlida yaşab kelişgan. Uşbu dalahovli Gulmira Ergaşevaga tegişli bölgan.

2021 yil aprel oyida Salim Rustamov va Gulmira Ergaşeva qonuniy tartibda ajraşgan. Fuqarolik işlari böyiça Zarafşon tumanlararo sudining 2024 yil 20 dekabrdagi qarori bilan Salim Rustamovni dalahovlidan majburiy tartibda çiqariş belgilangan. Söngra holat böyiça MIB Zarafşon şahar bölimi tomonidan ijro işi qözğatilgan.

2025 yil 17 mart kuni MIB xodimlari majburiy çiqarişni amalga oşiriş maqsadida dalahovliga borişgan. Voqea joyida Gulmira Ergaşeva, uning otasi va onasi ham bölgan. Şu vaqtda Salim Rustamov yuk maşinasini boşqarib kelib, avvaliga sobiq turmuş örtoğini, söngra qaynonasi va qaynotasini qasddan bosib ötgan.

MIB xodimi suddagi holat böyiça şunday körsatma bergan:

“Salim Rustamovning sobiq turmuş örtoği, sobiq qaynona va qaynotasi hovli darvozasi qulf bölgani sababli taşqarida kutib turişgandi. Men ham yordamçi taşkilotlardan mas’ul hodimlar kelişini kutayotgandim. Birozdan söng hovli yoniga Zarafşon şahar favqulodda vaziyatlar bölimi, tibbiyot birlaşmasi, milliy gvardiya xodimlari yetib kelişdi.

Salim Rustamovga bir neça marotaba qönğiroq qildim, ammo u javob bermadi. Uning özi iştirok etmagani sababli ikki xolis iştirokida ijro harakatini keyinga qoldiriş böyiça dalolatnoma rasmiylaştirmoqçi böldim. Şu vaqtda şahar tomondan oq rangli katta yuk maşinasi harakatlanib kela boşladi.

Yuk maşinasida harakatlanib kelgan Salim Rustamov bizgaça taxminan 15-20 metr masofa qolganida töxtadi va biroz bizga qarab turdi. Söngra maşinani hovli darvozasi oldida turgan sobiq turmuş örtoği tomonga boşqarib borib, uni devorga tirab qöydi. Keyin yölak böylab kelayotgan sobiq qaynonasi tomonga rul boşqaruvini burib, uni maşina old tomoni bilan urib yubordi hamda ustidan bosib ötdi. Şu vaqtda men tan jarohati olmaslik uçun uzoqroq joyga qoçib ketdim.

Salim Rustamov yuk maşinasini orqaga qaytarib burib olib, yerda huşsiz yotgan qaynonasi ustidan yana bir marotaba haydab ötdi. Şu vaqtda çetroqda turgan sobiq qaynotasi qöltiq hassasida qizining oldiga bordi. Salim Rustamov uning ustiga ham maşinasini boşqarib bordi va ularni bosib ketdi. Söngra maşinasidan piçoq olib tuşib, sobiq turmuş örtoğining yoniga bordi hamda unga ikki marta piçoq suqqanini kördim”.