Toşkent şahrida davlat röyxatidan ötkazilgan “Mega Auto Leasin” hamda “Mega Car Leasin” MÇJlarining mansabdorlari maşina olib beriş maqsadida respublikaning turli hududlarida yaşovçi yuzlab fuqarolar bilan şartnoma imzolagan. Ammo ular tomonidan şartnoma şartlari bajarilmagan. Fuqarolarga yetkazilgan zarar bir neça mlrd söm ekani aytilmoqda.
“2023 yilning 13 iyul kuni Lada Largus oliş maqsadida “Mega Auto Leasin” MÇJ bilan şartnoma tuzdim. Oldin tölov sifatida jamiyat hisobraqamiga 139 mln söm töladim. Şartnoma böyiça menga 120 iş kunida maşinani keltirib berişlari kerak edi. Lekin şunça vaqt ötib ketdi hamki, maşinadan darak yöq”, deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan Jumaqul Eşmurodov.
Aldanganini bilgan Eşmurodov va boşqalar bu haqda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişgan. Holat yuzasidan “Mega Auto Leasin” hamda “Mega Car Leasin” MÇJlar mansabdorlariga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan.


“MÇJlar ofisi yopilgan, eşigiga faoliyat yuritmayotgani haqida ma’lumot ilib qöyişgan. Jabrlanuvçilarga yetkazilgan zarar taxminan 5-6 mlrd söm. Ammo huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining bizga oçiqlaşiça, MÇJlar hisobraqamida 800 mln söm atrofida mablağ bor ekan. Öz şaxsiy manfaatlariga işlatib yuborişibdi. Endi bizga yetkazilgan zararni qayerdan qoplab berişi hozirça noma’lum”, deydi yana bir murojaatçi.
Oçiq ma’lumotlarga köra, “Mega Auto Leasin” MÇJ 2022 yil 23 sentabr kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. MÇJga M.A. hamda Ş.R. 50 foizlik uluşdan egalik qiladi.
M.A. bundan taşqari faoliyat turi yengil avtomobillar va yengil motorli transport vositalari ijarasi va lizingi bölgan 2 ta MÇJga egalik qiladi: 2023 yil 21 iyulda taşkil etilgan “Mega Auto Lizing” MÇJ va 2022 yil 27 yanvarda davlat röyxatidan ötkazilgan “Mega Auto Leasin-Hamkor” MÇJ (50 foiz uluş bilan).
“Mega Car Leasin” MÇJ esa 2023 yil 25 iyul kuni davlat röyxatidan ötkazilgan. Mazkur MÇJ ta’sisçisi yuz foizlik uluş bilan Ş.R. hisoblanadi.
Kun.uz holatga izoh oliş maqsadida Toşkent şahar IIBB bilan boğlandi. Boşqarma matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, mazkur MÇJ mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi, 189-moddasi (savdo va xizmat körssatiş qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, Çilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.













