Toşkent şahrida bir qator jinoyatlarni sodir etişda gumonlangan olti nafar şaxs qölga olindi. IIBB axborot xizmati xabar berişiça, ular orasida Begzod Baxtiyoroviç Zafarov hamda Qudratullayev Ixtiyor Baxtiyor öğli ham bor bölib, ular «Baxti Taşkenskiy» laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevning öğillari hisoblanadi.

Ixtiyor Qudratullayev (1996 yilda tuğilgan) Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik) bilan gumonlanib qölga olingan.

Begzod Zafarov esa (1994 yilda tuğilgan) Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamaçilik) bilan uşlangan.

Baxtiyor Qudratullayev ham dekabr oyi boşida qölga olingan, mayda bezorilik va içki işlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan uçun 15 sutkaga qamalgan, bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik), 276-modda 2-qismi (Giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay qonunga xilof ravişda tayyorlaş, egallaş, saqlaş va boşqa harakatlar)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgani ma’lum qilingandi.

Toşkent şahar IIBB boşliği birinçi örinbosari Doniyor Toşxöjayev Baxtiyor Qudratullayev uyuşgan guruh tarkibida harakat qilgani va bunday ayblov uçun dalillar yetarli ekanini aytgandi.

Poytaxtda Toşkent şahar IIBB va hamkor taşkilotlar tomonidan ötkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlarning «Dolzarb qirq kunligi» doirasida bir qator jinoyatlarni sodir etgan yana tört kişi uşlanib, gumon qilinuvçi tarzida jalb etilgan:

 

1. Jumaniyazova Nargiza Rustamovna (1983 yilda tuğilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 2-qismi (tovlamaçilik);

2. Badalov Jahongir Jörayeviç (1975 yilda tuğilgan) — Jinoyat kodeksi 165-moddasi 3-qismi, 168-moddasi 1-qismi (juda köp miqdorda tovlamaçilik, firibgarlik);