Navoiyda Cobalt portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etdi
Qiziltepa tumanida “metan-zapravka”dan gaz quyib chiqilgan Cobalt’ning gazballoni ko‘p o‘tmay portlab ketdi. Mashinada ota va uning kichik yoshdagi o‘g‘li bo‘lgan.

Foto: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati
2023 yil 24 dekabr kuni Qiziltepa tumanida Cobalt mashinasida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Navoiy viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, fuqaro D.F. tumanning Bo‘ston maxallasida joylashgan “Burger” kafesiga qo‘ng‘iroq qilib, pitssa zakaz qilgan va metan-shoxobchadan chiqqach buyurtmani olib ketishini bildirgan. Haydovchi soat 10:20 larda tumanning Malikobod mahallasi hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasidan gaz quyib chiqqan. So‘ngra kafe oldiga borib, buyurtmani kuta boshlagan.
Shu paytda mashinaning gazballoni portlagan. Avtomobilning orqa o‘rindig‘ida haydovchining 2020 yilda tug‘ilgan o‘g‘li Sh.R. bo‘lgan.
Ota va o‘g‘il turli darajadagi og‘ir tan jarohatlari olib, Qiziltepa tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan voyaga yetmagan Sh.R. jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Hozirda holat bo‘yicha Qiziltepa tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoro shahrida ham harakatsiz holatda turgan Cobalt avtomobilining gazballoni portlagandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Dushmani o‘zgargan Rossiya, «mashina bozorga aylangan» Oq uy – hafta dayjesti
Jahon | 14:43
-
Farg‘onada inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi vositalarni sotayotgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:36
-
Ertaga 17 mart kuni joylarda 27 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 13:01
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
Mavzuga oid

17:25 / 28.05.2024
Jizzaxda harakatlanib ketayotgan “Nexia-2”ning gazballoni portladi

16:16 / 05.05.2024
Gulistonda “Nexia”ning gazballoni portlab ketdi

23:15 / 27.04.2024
Navoiylik tadbirkor tergov izolyatorida vafot etdi

22:41 / 08.04.2024