Netanyahu Bayden uni «Hizbulloh»ga hujum qilish niyatidan qaytarganini rad etdi
Isroil bosh vaziri AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muzokaradan so‘ng Livandagi «Hizbulloh» jangchilariga qarshi hujumni to‘xtatgani haqidagi The Wall Street Journal xabarini «yolg‘on» deb atadi.

Foto: Debbie Hill / Reuters
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQSh prezidenti Jo Baydenning chaqirig‘idan so‘ng Livandagi «Hizbulloh» jangchilariga qarshi ogohlantiruvchi zarba berishdan voz kechgani haqidagi The Wall Street Journal (WSJ) xabarini «yolg‘on» deb atadi.
«Qo‘shma Shtatlar mintaqadagi operatsiyalarimizga to‘sqinlik qilgani va to‘sqinlik qilayotgani to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarni ko‘rdim. Bu haqiqat emas. Isroil - suveren davlat», - dedi Netanyahu 24 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida. Isroil bosh vaziri mamlakat armiyasining harakatlari «operativ mulohazalar»ga asoslanganini ta’kidladi.
WSJ 23 dekabr kuni xabar berishicha, HAMAS Isroilga hujum qilganidan bir necha kun o‘tib, Isroil armiyasi Livandagi «Hizbulloh» kuchlariga zarba berishga tayyor bo‘lgan. 11 oktyabr kuni Isroil harbiy samolyotlari havoda Netanyahu buyrug‘ini kutgan, biroq Bayden Isroil bosh vazirini bunday xatti-harakatlarning ehtimoliy oqibatlari tufayli fikrini o‘zgartirishga ko‘ndirgan, deb ta’kidladi WSJ manbalarga tayanib.
Netanyahu: «Urush uzoq davom etadi»
Binyamin Netanyaxu, shuningdek, so‘nggi bir necha kun ichida 15 isroillik askarning o‘limiga izoh berib, yakshanba tongini «qiyin» deb atadi. «Biz oilalarga hamdardmiz», dedi Isroil bosh vaziri. U shunday qo‘shimcha qildi: «To‘g‘risini aytaylik: bu uzoq urush davom etadi». G‘azo sektorida HAMASga qarshi quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan beri jami 150 dan ortiq isroillik askar halok bo‘ldi.
Isroil-Falastin mojarosi
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarshi «Al-Aqso to‘foni» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi. G‘azo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirishicha, operatsiya bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirish va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zo‘ravonligi kuchayib borayotganiga javoban amalga oshirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi G‘azo sektorida HAMASga qarshi o‘nlab qiruvchi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qilichlar» operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 20 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘ldi. Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oshadi. G‘azoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilishi va eksklavning to‘liq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat chekmoqda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ilon Mask asta-sekin siyosatdan ketishga va’da berdi
Jahon | 00:53
-
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi
Jamiyat | 23:56 / 20.05.2025
-
Putin va Tramp muloqoti: bu gal ham hech qanday natija bo‘lmadi
Jahon | 23:48 / 20.05.2025
-
Xitoy kosmik stansiyasidan noma’lum mikrob shtammi topildi
Fan-texnika | 23:35 / 20.05.2025
Mavzuga oid

09:51 / 15.05.2025
Mers: Netanyahu XJS orderiga qaramay, Germaniyaga tashrif buyurishi mumkin

22:07 / 13.05.2025
Isroil tez orada G‘azoga «to‘liq kuch bilan» kiradi – Netanyahu

09:05 / 09.04.2025
Tramp Oq uyda matbuot ko‘z o‘ngida Netanyahuni tahqirladi - Isroil OAV

11:03 / 05.04.2025