Moskvada ekstremizmga da’vat qilganlikda ayblanib, hozirda Lefortovo tergov izolyatorida hibsda saqlanayotgan, özini «DXR» deb e’lon qilgan hudud sobiq mudofaa vaziri Igor Girkin (Strelkov) nomzodini Rossiya prezidentligiga körsatiş böyiça taşabbus guruhining yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda 24 dekabr, yakşanba kuni Sota va «Ostorojno novosti» Telegram-kanallari xabar berdi.
Sota yozişiça, «taşabbus guruhi yiğilişi natijasida Strelkov nomzodini qöllab-quvvatlovçi 556 imzo töplandi», bu minimal talab qilingan 500 imzodan oşib ketdi. Biroq, protokollar imzolarni tasdiqlaşi kerak bölgan notariussiz tasdiqlangan.
«Notarius kelmadi - taşabbuskor guruh uning iştirokini talab qiladigan harakatlarni ertaga amalga oşirişga va’da berdi. Guruh şuningdek, yetişmayotgan hujjatlarni (masalan, pasport fotosuratlari) Telegram orqali yuborişni taklif qildi», - deya aniqlik kiritdi «Ostorojno, novosti» kanali.
Girkin tarafdorlari «jang qilmoqçi»
Sota tomonidan e’lon qilingan videoda Strelkov ştabining vakili Yevgeniy Skripnik («Prapor» çaqiruv belgisi) «iloji boriça köproq ukrainalik harbiylarni öldirişni, Ukrainada «rus masalasini» kötarişni taklif qildi. Naşrga köra, Strelkovning prezidentlikka nomzodini qöllab-quvvatlaşga «Moskva patriarxiyasi Yenisey yeparxiyasining Nikolay çerkovi vakili» kelgan. «MSK vakillari majlisda körinmadi, ular bunday hujjatlarni qabul qilişi dargumon», deb ta’kidladi «Ostorojno, novosti».
Noyabr oyida Strelkov prezidentlik saylovlarida iştirok etiş niyatini e’lon qildi. Özini «DXR» deb e’lon qilgan hudud sobiq mudofaa vaziri ekstremizmda ayblanib, iyul oyidan beri qamoqda. Unga nisbatan özining Telegram-kanalida Qrim va «DXR» harbiy xizmatçilariga tölovlar haqidagi bir neçta postlar e’lon qilingani munosabati bilan jinoiy iş oçilgan.












