«Dunyo» xabariga köra, unda Özbekistonda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport hajmini yanada oşiriş masalalari muhokama qilindi.

Anupam Jayn kompaniyaning Kuvaytda bir neça savdo tarmoqlari mavjudligini ta’kidladi.

- Biz Özbekiston elçixonasi kömagida joriy yilning oktabr-noyabr oylarida Özbekistondan umumiy qiymati 15 ming AQŞ dollariga teng bölgan 500 dona kaşta va sözana kabi milliy liboslarni import qildik, – dedi u. – Hozirgi kunda paxta va ipakdan tayyorlangan 5000 dona tayyor kiyimlarni xarid qiliş ustida işlayapmiz. Mazkur xaridni amalga uçun kelgusi yil yanvar oyida Özbekistonga borişni rejalaştiryapmiz.

Gulf Mysore general trading company W.L.L kompaniyasi ijroçi direktori, şuningdek, Özbekistondagi fabrika va kompaniyalar rahbarlari bilan hamkorlikni yölga quyiş uçun muzokaralar ötkazişga tayyorligini ma’lum qildi.