Eron boyitilgan uran işlab çiqariş sur’atini yana oşirib, oyiga töqqiz kilogramm darajasiga yetdi, deb xabar berdi Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) 26 dekabr, seşanba kuni. Reuters ma’lumotlariga köra, Islom Respublikasida 60 foizgaça boyitilgan uran mavjud bölib, uning asosida uçta atom bombasi yaratiş uçun boyitiş darajasi 90 foizga yetkazilişi mumkin.

Öz navbatida, Tehron maqsadi - atom bombasi yaratiş ekani haqidagi da’volarni rad etadi. 

Eronda AEXA inspektorlarining akkreditatsiyasi bekor qilindi 

2023 yil 16 sentabrda Eron AEXAga mamlakatdagi bir neçta agentlik inspektorlarining akkreditatsiyasini bekor qilayotgani haqida xabar berdi. Taşkilot rahbari Rafael Grossining sözlariga köra, Erondagi AEXA inspektorlarining taxminan uçdan bir qismi işdan çetlaştirilgan. 

18 sentabr kuni Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQŞ Eronni öz qarorini «zudlik bilan bekor qilişga» çaqirdi. Tört davlatning qöşma bayonotida aytilişiça, AEXAda haligaça «deklaratsiya qilinmagan yadroviy materiallar va Eronda olib borilgan faoliyat böyiça jiddiy va hal etilmagan savollar» bor, Islom Respublikasi ularga «tört yildan beri javob bermayapti».

Eronning QKHR böyiça majburiyatlarini buzişi 

2015 yilda Eron AQŞ, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiyani öz içiga olgan «oltilik guruhi» bilan Qöşma keng qamrovli harakatlar rejasi (QKHR)ni tuzdi. Reja Eronning yadroviy dasturini çeklaş evaziga unga nisbatan iqtisodiy sanksiyalarni bosqiçma-bosqiç olib taşlaşni nazarda tutgan edi. 

QKHR Eronga uranni atigi 3,67 foizgaça boyitişga ruxsat beradi. Atom energiyasidan harbiy foydalaniş uçun uranni boyitiş çegarasi 90 foizni taşkil etadi. 

2018 yilda Donald Tramp AQŞ prezidenti bölganida Vaşington kelişuvdan çiqişi va Eronga nisbatan çeklov çoralari qayta tiklanişini e’lon qilgan edi. Tehron, öz navbatida, kelişuvni bajarişdan boş torta boşladi. Boşqa narsalar qatorida, Eron tomoni uranni yuqori darajaga boyitiş, uran metallini işlab çiqariş, tezroq işlaydigan sentrifugalarni joriy etiş va kelişuvda tasdiqlanganidan sezilarli darajada köproq uran zaxirasini töplaşni boşladi. 

2021 yil aprelida Venada boşlangan QKHRni qayta tiklaş böyiça muzokaralar Ğarb bilan qat’iy siyosat tarafdori bölgan Ibrohim Raisiy Eron prezidenti etib saylanganidan keyin töxtab qoldi.