Polşa madaniyat vaziri Bartolomey Senkeviç davlat teleradio va axborot agentligini tugatiş töğrisidagi qarorni e’lon qildi. Bu haqda Polsat News xabar berdi.
«Men «Polşa televideniyesi», «Polşa radiosi» va «Polşa matbuot agentligi»ni tugatişga qaror qildim», dedi vazir.
Senkeviç sözlariga köra, bunga prezident Anjyey Dudaning davlat ommaviy axborot vositalarini moliyalaştirişni töxtatiş haqidagi qarori sabab bölgan.
Vazirning aniqlik kiritişiça, hozirgi vaziyatda davlat ommaviy axborot vositalarining tugatilişi kompaniyalarning kelgusida uzluksiz işlaşini ta’minlaydi, biroq hozir birinçi navbatda ularni «qayta tuziş va xodimlarni işdan böşatilişining oldini oliş» zarur.
Avvalroq, Polşa prezidenti Anjyey Duda 2024 yilga möljallangan hukumat xarajatlari rejasini Polşa Seymiga taqdim etgan edi. Unda «Polşa televideniyesi» ehtiyojlari uçun 3 milliard zlotiy (taxminan 750 million dollar) ajratilişi bloklangan.
Bundan oldin Polşa rahbari davlat ommaviy axborot vositalarini barça zarur mablağ bilan ta’minlaydigan qonunga veto qöydi.
Şuningdek, 20 dekabr kuni Siyenkeviç Polşa televideniyesi, radiosi va matbuot agentligi boşqaruvi rahbarlarini işdan böşatdi. Davlat ommaviy axborot vositalarida özgarişlar qiliş qarori Polşaning birlaşgan muxolifati saylovlarda ğalaba qozongani bilan boğliq.











