Xersonda Rossiya zarbasidan keyin 100 ming kishi elektrsiz qoldi
Rossiyaning Xersonni o‘qqa tutishi natijasida 98 ming abonentda elektr quvvati yo‘q, deb xabar berdi shahar hokimiyati. Viloyatda aholining 70 foizga yaqini elektr energiyasisiz qolgan.

Foto: Nacho Doce/REUTERS
Xersonda 26 dekabr kuni Rossiyaning yirik o‘qqa tutishidan so‘ng 98 mingga yaqin abonent elektr ta’minotisiz qoldi, deb xabar berdi shahar harbiy ma’muriyati boshlig‘i Roman Mrochko 27 dekabr, chorshanba kuni Energetika vazirligi ma’lumotlariga tayanib. «Elektr energiyasi qachon tiklanishini aytish qiyin. Lekin energetiklar bu imkon qadar tez sodir bo‘lishini ta’minlash ustida ishlamoqda», - deb yozdi u Telegram’da. Xerson viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Aleksandr Prokudinning so‘zlariga ko‘ra, viloyat aholisi 70 foizi elektr ta’minotisiz qolmoqda.
«Ukrenergo» energiyani tejashga chaqirdi
«Ukrenergo» kompaniyasi Xersondan tashqari mintaqadagi boshqa aholi punktlari ham elektr ta’minotisiz qolganini ta’kidladi. Shuningdek, Donetsk va Xarkiv viloyatlari tarmoqlariga Rossiyaning o‘qqa tutishi oqibatida zarar yetgan. Kompaniya ukrainaliklarni elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanishga chaqirdi. «Iliq ob-havoga qaramay, umumiy iste’mol yuqoriligicha qolmoqda», - deyiladi xabarda. Shu bilan birga, «Ukrenergo»ning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda barcha turdagi elektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molchilarni ta’minlash uchun yetarli daraja.
Xersonga Rossiya zarbalari
Bir kun oldin, 26 dekabr kuni Rossiya qo‘shinlari Xersondagi temiryo‘l stansiyasiga hujum qildi, natijada odamlar evakuatsiyasi paytida bir politsiyachi halok bo‘ldi. Huquq-tartibot idoralarining yana ikki xodimi va ikki nafar tinch fuqaro jarohatlangan, dedi Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko. «Ukrzaliznitsa»ning binolari va harakat tarkibi shikastlangan. Chorshanba kuni stansiya o‘z faoliyatini tikladi, barcha reyslar belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda, deya xabar berdi korxona.
Hammasi bo‘lib, kun davomida Rossiya qo‘shinlari Xerson viloyatini 161 marta o‘qqa tutdi, minomyotlar, artilleriya, «Grad» yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari (YaO‘RT), tanklar, aviatsiya va UUAdan 853 ta o‘q uzildi, deb xabar berdi 27 dekabr kuni ertalab Xerson viloyat ma’muriyati raisi Aleksandr Prokudin.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
-
Germaniya kansleri Rossiyaga qarshi yangi qattiq sanksiyalarni istisno etmadi
Jahon | 09:15
-
Tramp: Rubio Turkiyadagi Rossiya-Ukraina muzokaralarida ishtirok etadi
Jahon | 09:05
Mavzuga oid

08:30
Makron Rossiyaga o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lmasa, sanksiyalar bilan tahdid qildi

20:55 / 13.05.2025
Shavkat Mirziyoyev «Gazprom neft» kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

20:52 / 13.05.2025
Xitoy Ukrainadan Moskvadagi parad vaqtida hujum qilmaslikni so‘ragan

16:51 / 13.05.2025