Elyorbek Rahmatillayeviç Karimov Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Elyorbek Karimov 1986 yilda Izboskan tumanida tuğilgan. 2008 yilda Andijon qişloq xöjalik institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida ğaznaçilik hamda moliya tizimining tuman hamda viloyat idoralarida mas’ul lavozimlarda, şuningdek, Izboskan tumani hokimining birinçi örinbosari, viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Uşbu lavozimga tayinlanguniga qadar Özbekiston Savdo-sanoat palatasi Andijon viloyati hududiy boşqarmasi boşliği (v.v.b) lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
2018 yildan beri Izboskan tumani hokimi sifatida işlab kelgan Serobiddin Ismoilov 2023 yil 10 dekabr kuni viloyat hokimi Şuhratbek Abdurahmonov ötkazgan yiğilişda lavozimdan olingandi.
Keyinroq u noqonuniy qarorlar çiqarib, yer maydonlarining talon-toroj qilinişiga yöl qöyganlikda gumonlanib qölga olingani ma’lum böldi.












