Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 18:50 da Qozoğistonning Aqtöbe viloyati Aytekebi tumanidagi Qorabutak-Qöstanay avtomobil yölida yölovçi avtobusi ağdarilib ketgani haqida ma’lumot kelib tuşgan, deb xabar bermoqda Zakon.kz.
Voqea joyida qutqaruvçilar, mahalliy hokimiyat va içki işlar bölimi xodimlari tomonidan 32 nafar Özbekiston fuqarosi tuman masjidiga evakuatsiya qilingan.
«Hodisa joyida jabrlanganlar yöq. Yölovçilar Yekaterinburg-Çimkent yönalişi böylab harakatlanib ketayotgan bölgan», - deyiladi Qozoğiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabarida.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ob-havo şaroiti yomonlaşganda va yöllarda avtotransport vositalarining harakatlanişiga çeklovlar joriy etilganda ob-havo özgarişini kuzatib boriş va yölga çiqmaslikni söragan.
Qozoğistonning 6 ta viloyatidagi respublika ahamiyatidagi avtomobil yöllari 15 ta uçastkasida noqulay ob-havo şaroiti, kuçli qor tufayli harakatlanişga çeklov joriy etilgan.












