Muzokaralar davomida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantiriş, jumladan 2024 yil aprel oyida Toşkentda ötkaziladigan Iqtisodiy hamkorlik böyiça Özbekiston-Polşa hukumatlararo komissiyaning 8-yiğilişi doirasida taşkil etiladigan biznes-forumga puxta tayyorgarlik köriş masalalari muhokama qilindi.

Marek Kloçkoning aytişiça, Polşa tomoni özbek işbilarmon doiralari vakillari bilan elektron tijorat, IT, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirişga katta e’tibor qaratmoqda.

Tomonlar Özbekiston-Polşa işbilarmonlar kengaşini tuziş böyiça şartnomani komissiyaning 8-yiğilişi davomida imzolaşga kelişib oldi. Hozirgi kunda Polşaning 8 ta davlat bilan şunga öxşaş tuzilmalari mavjud. Agar uşbu kengaş tuzilsa, Özbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasidan birinçisi böladi.

Bundan taşqari, Polşa tomoni Toşkentda akkreditatsiyadan ötgan xorijiy diplomatik vakolatxonalarning savdo-iqtisodiy masalalar böyiça maslahatçilari uçun Özbekiston viloyatlariga tanişuv taşriflarini taşkil etişda öz tajribasi bilan bölişişga tayyorligini ma’lum qildi.