Özbekistonga Xitoydan sun’iy guruç import qilinmagan. Bu haqda Bojxona qömitasiga tayanib ÖzA xabar berdi.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahriga Xitoydan import qilingan guruçlar sun’iy ekani va sellofandan tayyorlangani haqida videolavha tarqalgan edi. Bojxona qömitasi matbuot xizmati rahbari Nurbek Salomov sözlariga köra, bu kabi xabarlar haqiqatga töğri kelmaydi.
Qayd qilinişiça, Özbekistonga import qilinadigan guruç içida turli xil zararkunanda va haşarotlar, hamda öta xavfli infeksiyalarni aniqlaş böyiça tekşiruvdan ötkaziladi. Mahsulot tegişli taşkilotlar xulosasiga köra iste’molga yoki ekişga yaroqli deb topilsa, Özbekistonga olib kirişga ruxsat beriladi.
Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi bunday guruç import qilinganini rad etgan.
Qişloq xöjaligi vazirligidan olingan ma’lumotlarga köra, Özbekistonda har yili 100 ming gektardan ortiq maydonda şoli yetiştiradi. Aholi jon boşiga yiliga örtaça 9,8 kg guruç iste’moli talab etiladi. Ya’ni respublika aholisini töliq guruç mahsulotlari bilan ta’minlaş uçun 353 ming tonna guruç kerak. 2022 yilda Özbekistonda 310 ming tonna guruç yetiştirilgan. Ya’ni aholi talabiga nisbatan 43 ming tonna kam.
2022 yilda respublika böyiça 8 ming tonna guruç import qilingan bölsa, 2023 yilda 53,5 ming tonna guruç importi amalga oşirilgan. Ya’ni iste’molga nisbatan 10 ming tonna ortiqça guruç import qilingan.
Guruç importi Qozoğistondan 29,3 ming tonna (54,7%), Pokistondan 23,2 ming tonna (43,3%), Tailanddan 599 tonna (1,1%), Turkiyadan 265 tonna (0,5%) va Hindistondan 126 tonna (0,2%) va boşqa mamlakatlardan 21,1 tonnani (0,02%) taşkil qilgan.












