Saudiya Arabistoni BRICS davlatlararo ittifoqiga rasman qöşildi. Bu haqda The National News xabar berdi.
Qirollik taşqi işlar vaziri şahzoda Faysal bin Farxon BRICS taşkilotini iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlaş uçun «foydali va muhim kanal» deb atadi.
Saudiya Arabistonidan taşqari yana törtta mamlakat BRICS a’zoligiga qabul qilindi: Misr, Eron, BAA va Efiopiya.
Bu mamlakatlarning barçasi, şuningdek, Argentina ham 2023 yil avgust oyida taşkilotga taklif qilingan edi. Dekabr oyida Argentinaning yangi prezidenti Xaviyer Miley BRICS a’zosi böliş rejasidan voz keçdi.
Ittifoq 2006 yilda Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy tomonidan taşkil etilgan bölib, keyinçalik unga Janubiy Afrika qöşilgan.












