Samarqand şahrida maşina olib qoçgan şaxs uşlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
2023 yil 31 dekabr kuni soat 00:30 larda fuqarolardan biri Samarqand viloyat IIBga murojaat qilib, Samarqand şahri Rödakiy köçasida oçiq qoldirilgan Cobalt maşinasini noma’lum şaxs olib qoçib ketganini bildirgan.
Samarqand şahar IIO FMB YHXB va sohaviy xizmat xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida 2024 yil 1 yanvar kuni tongda Cobalt va uni olib qoçgan şaxs uşlangan.
Qayd etilişiça, maşinani olib qoçgan şaxsga Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.












