Özbekiston ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning buyruği bilan, Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi boşliği Farhod Dehqonovning faoliyati böyiça xizmat tekşiruvi tayinlandi.
Vazirlik xabariga köra, şu munosabat bilan Dehqonov 2023 yilning 30 dekabridan 2024 yilning 1 fevraligaça işdan çetlaştirilgan.
Tekşiruv davomida Toşkent şahar ekologiya boşqarmasining barça tarkibiy bölinmalari rahbarlari, xodimlarining faoliyati hamda 2021–2023 yillar davomida boşqarma tomonidan davlat örmon fondiga kirmaydigan yerlarda daraxtlar va butalarni kesişga berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi va asoslari örganiladi.
“Ta’kidlaş joizki, poytaxtda moratoriy talablariga töliq rioya etilmayotgani, aholi tomonidan daraxtlarning kesilişi borasida köplab e’tirozlar bildirilayotgani, qonunçilikka amal qilinmasdan daraxtlarni kesişga yoki köçirişga qayta-qayta ruxsatnoma berilayotgani sababli Ekologiya vazirligi şu yilning 1 fevraliga qadar Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi vakolatlarini çeklaşiga töğri keldi.
Xususan, endi daraxtlarni kesiş yoki köçirib ötqazişga ruxsatnoma beriş faqatgina vazirlikning tegişli boşqarmasi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi”, – deyiladi vazirlik axborotida.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi uşbu bayonoti bilan Yunusobod tumanida quruvçilar eman daraxtiga şikast yetkazayotgani haqida tarqalgan xabarlarni ham tasdiqladi.
Poytaxt ekologiya boşqarmasi tomonidan örganiş işlari olib borilganida “Max-Proceccing” MÇJ mansabdor şaxslari tomonidan 1 dona eman daraxti tegişli agrotexnik talablarga amal qilinmasdan Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumaniga köçirib ötqazilgani aniqlangan. Holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan MÇJning mansabdor şaxslari va boşqalarga nisbatan JKning 198-moddasi 3-qismi va 229-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan.












