Farğona viloyatida Nexia-3 va Tracker maşinalari iştirokida odamlar ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Farğona viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun, 3 yanvar kuni soat 19:40 larda sodir bölgan.
Farğona-Çimyon 4P-146 avtomobil yölining Farğona tumani “Yangiobod” MFY hududidan ötgan qismida Nexia-3 ikkinçi darajali yöldan asosiy yölga şoşilib çiqqan va asosiy yöldan kelayotgan Tracker maşinasiga urilgan.

Oqibatda, Nexia-3 maşinasida bölgan 2 nafar yölovçi tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Yana 3 nafar yölovçi şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












