3 yanvar kuni soat 23:30 da Samarqand viloyati Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasiga M-37 trassasida YTH sodir bölgani haqida xabar kelib tuşgan.

Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar qilişiça, hodisa taxminan yölning Samarqand viloyatidan ötuvçi qismida sodir bölgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, Navoiy-Samarqand yönalişi böylab harakatlangan Mercedes-Benz yuk maşinasi Turkiyadan Qozoğistonga 21 tonna limon olib ketayotgan bölgan. Şu payt haydovçi rul boşqaruvini yöqotib, yölning öng tomonida töxtagan. Söngra boşqa bir Mercedes-Benz Astros yuk maşinasi uning orqasiga kirib ketgan.

Hodisa oqibatida yonğin sodir bölib, yuk ortilgan maşina butunlay yonib ketgan. Jabrlanganlar yöq. 

Samarqand tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan YTH sabablarini aniqlaş böyiça tergovga qadar tekşiruv tayinlangan.