AQSh: Rossiya Ukrainani o‘qqa tutish uchun KXDR raketalaridan foydalanyapti
Shimoliy Koreya yaqinda Rossiyaga ballistik raketa uchiruvchi qurilmalar, shuningdek, bir nechta shunday raketalarni yetkazib berdi. Ular orqali allaqachon Ukrainaga qarata o‘q uzilgan, deya ma’lum qildi Oq uy.

Foto: Picture Alliance
Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi harbiy hamkorlik Rossiyaning xalqaro maydonda tobora yakkalanishi fonida kuchayib bormoqda, dam olish kunlari esa rus qo‘shinlari KXDRdan olingan ballistik raketalarni Ukrainaga qarata o‘qqa tutish uchun ishlatdi. Bu haqda 4 yanvar, payshanba kuni AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, Shimoliy Koreyaning kamida bitta raketasi 30 dekabr kuni Rossiya tomonidan uchirilgan bo‘lishi mumkin, 2 yanvar kuni esa Rossiya qo‘shinlari tomonidan yana bir nechta shunday raketalar Ukraina hududiga uchirilgan. Hozirda Qo‘shma Shtatlar ushbu o‘q-dorilardan foydalanishning ehtimoliy oqibatlarini baholamoqda.
Kirbining so‘zlariga ko‘ra, Pxenyandagi rejim yaqinda Rossiyaga ballistik raketa uchiruvchi qurilmalar va bir nechta shunday raketalarni yetkazib bergan. Oq uy matbuot kotibi gap qancha raketa haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi. «Bu Shimoliy Koreya Rossiyani qo‘llab-quvvatlashining sezilarli va xavotirli kuchayishi», dedi Jon Kirbi.
Rossiya va KXDR o‘rtasida harbiy texnologiyalar almashinuvi
Shimoliy Koreyada ishlab chiqarilgan raketalarning uchish masofasi 900 kmga yaqin. AQSh ma’muriyati taxminiga ko‘ra, Pxenyan o‘z yordami evaziga Rossiyadan harbiy texnika, jumladan, qiruvchi samolyotlar, «yer-havo» raketalari, zirhli texnika va ilg‘or harbiy texnologiyalarni olmoqchi. Bu Koreya yarimoroli va butun Hind-Tinch okeani mintaqasi xavfsizligiga tahdid solishi mumkin, deya ogohlantirdi Kirbi.
U shuningdek, AQSh ma’lumotlariga ko‘ra, Moskva va Tehron o‘rtasida Eron raketalarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olg‘a siljiyotganini ta’kidladi – xalqaro yakkalanish kuchayishi tufayli Rossiya hamfikr davlatlardan harbiy texnika va qurol izlashga majbur. Biroq, Vashingtonda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Erondan Rossiya Federatsiyasiga raketalar hali yetkazib berilmagan.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi
Sport | 19:12
-
AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi
Jahon | 19:00
-
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
Jahon | 18:21
-
Rossiya qo‘shini urush boshidan beri bir hujumda rekord darajadagi dronlarni uchirdi
Jahon | 17:25
Mavzuga oid

18:55 / 17.05.2025
Putin Ukrainaga oid AQSh tinchlik rejasini Uitkoff bilan muhokama qilishni istamadi

16:33 / 17.05.2025
Rossiya qamoqxonasida tunnel qazib qochgan o‘zbekistonliklarga hukm o‘qildi

16:28 / 17.05.2025
Kreml Putin-Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qildi

15:15 / 17.05.2025