Jahon | 08:34 / 05.01.2024
6683
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 17 yoshli o‘quvchi maktabda otishma uyushtirdi 

Politsiya Perri shaharchasidagi maktabda yuz bergan otishmada o‘quvchi halok bo‘lgani va yana besh kishi yaralanganini tasdiqladi.

Foto: Picture Alliance

Amerika politsiyasi Ayova shtati Perri shahridagi maktabda yuz bergan otishmada o‘quvchi halok bo‘lgani va yana besh kishi yaralanganini tasdiqladi. 4 yanvar, payshanba kuni sodir bo‘lgan otishmani o‘sha maktabning 17 yoshli o‘quvchisi uyushtirgan, u miltiq va kichik kalibrli to‘pponcha bilan qurollanib olgan. U maktabda o‘q uzish niyati haqida bir kun avval ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilgan. Halok bo‘lgan shaxs 6-sinf o‘quvchisi ekani, yaradorlar orasida to‘rt nafar maktab o‘quvchisi va bir maktab ma’muriyati xodimi borligi aniqlandi. Yaralangan bolalardan birining ahvoli og‘ir.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, otishma uyushtirgan o‘quvchi o‘z joniga qasd qilgan.

Politsiya, shuningdek, maktab binosi ichidan portlatilmagan qo‘lbola portlovchi moslamani ham topdi, u zararsizlantirildi, dedi shtat jamoat xavfsizligi departamenti vakili Mitch Mortvedt matbuot anjumanida.

Otishma qishki ta’tildan keyingi maktabning birinchi kuni avvalida kuzatilgan, ya’ni maktabda nisbatan kam o‘quvchilar bo‘lgan. Jinoyat sabablari noma’lum.

Mavzuga oid