Mazkur Yagona milliy baholaş standarti (YaMBS):
- baholaş faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinişini;
- baholaş tartibi va baholaş ekspertizasiga qöyiladigan talablarni belgilaydi.
YaMBS öz içiga umumiy baholaş standartlari, maxsus baholaş standartlari hamda metodikalarni oladi.
Umumiy baholaş standartlari quyidagi Milliy baholaş standartlaridan (MBS) iborat:
1-son MBS “Baholaş faoliyatining tuşunçalari, ta’riflari va prinsiplari”;
2-son MBS “Baholaşga oid vazifa”;
3-son MBS “Baholaş jarayonida ötkaziladigan örganişlar va tahlillar”;
4-son MBS “Baholaş töğrisidagi hisobot va uni tuziş tartibi”;
5-son MBS “Qiymat turlari”;
6-son MBS “Baholaş yondaşuvlari va usullari”;
7-son MBS “Baholovçilar işining sifatini nazorat qilişning içki qoidalariga qöyiladigan umumiy talablar”;
8-son MBS “Baholaş töğrisidagi hisobotning işonçliligi ekspertizasi”.
Maxsus baholaş standartlari, baholaş obektlarining ayrim turlarini (biznes, köçmas mulk, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklar va boşqalar) baholaşga qöyiladigan qöşimça talablarni belgilaydi va quyidagi MBSlardan iborat:
9-son MBS “Biznesni va biznesda iştirok etiş huquqi qiymatini baholaş”;
10-son MBS “Köçmas mulk qiymatini baholaş”;
11-son MBS “Nomoddiy aktivlar va intellektual mulk obektlari qiymatini baholaş”;
12-son MBS “Tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholaş”;
13-son MBS “Maşina va uskunalar qiymatini baholaş”;
14-son MBS “Xususiylaştiriş maqsadida davlat uy-joy fondi qiymatini baholaş”.
YaMBS baholovçilar, baholovçi taşkilotlar va boşqa foydalanuvçilar uçun möljallangan bölib, aktivlar va majburiyatlar qiymatini baholaş böyiça xizmatlar körsatilganda, baholaş töğrisidagi hisobotni tuziş hamda ekspertlar tomonidan baholaş obektini baholaş töğrisidagi hisobotning işonçliligi (haqqoniyligi) tekşirilganda, qöllaş majburiy hisoblanadi.











