CES körgazmasida iPhone uçun möljallangan va mexanik QWERTY klaviaturasi bilan jihozlangan Clicks ğilofi taqdim etildi. Aksessuar eski BlackBerry smartfonlarini soğinadigan va umuman tugmali telefonlarni afzal köradiganlar uçun yaratilgan.
Ğilof iPhone smartfoniga Lightning yoki USB-C orqali ulanadi. Aksessuar juda jips örnaşadi va klaviatura bilan monolit gadjet hissini yaratadi. U yoritiladigan tugmalarga va harflarning taniş tartibiga ega.
iPhone 14 Pro va 15 Pro uçun möljallangan ğilof smartfon uzunligini 188,45 mm (+41,85 mm) ga oşiradi. Umumiy vazniga esa 62 gramm qöşiladi.
Klaviaturada batareya yöq, u smartfon batareyasidan quvvat oladi. Maxsus ulagiç iPhone smartfonini aksessuar orqali quvvatlantiriş imkonini ham beradi.
Tugmaga ega böliş nafaqat qulay yoziş, balki ekran maydonini sezilarli darajada kengaytiriş imkonini beradi, çunki gadjet apparat klaviaturasi sifatida taniladi.
iPhone 14/15 Pro uçun möljallangan Clicks narxi 139 dollarga, iPhone 15 Pro Max uçun möljallangan modeli esa 159 dollarga sotiladi. Aksessuar kulrang va sariq ranglarda taqdim etiladi. Unga rasmiy veb-sayt orqali oldindan buyurtma beriş mumkin.












