Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahridagi savdo dökonlarining birida bepul kiyim-keçak olişga kelgan fuqarolar tomonidan yuzaga kelgan tartibsizliklar aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB qöşimça ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 4 yanvar kuni Yunusobod tumanida joylaşgan “Brend rows” nomli savdo dökonida erkaklar uçun 300 dona qişki palto mahsulotlari tekinga tarqatilişi rejalaştirilib, bu xabar “Tekinga palto 300 dona” deb nomlangan sarlavha bilan ijtimoiy tarmoqlarda joylaştirilgan.

Natijada dökonga köplab fuqarolar kelişi tufayli tartibsizliklar yuzaga kelgan. Şu hududda xizmat olib boruvçi IIO xodimlari aralaşuvi bilan jamoat tartibi saqlanib, vaziyat nazoratga olingan, heç kim jarohatlanmagan.

“Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan ötkazilgan tekşiruv natijasida “Brend rows” nomli savdo dökoni rahbari 1999 y.t. S.I.ga Özbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 200-1-moddasiga («Ommaviy tadbirlar ötkaziş qoidalarini buziş») asosan, uşbu dökonning 9 nafar işçisiga Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 194-moddasiga (“Içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. 

Töplangan hujjatlar jinoyat işlari böyiça Yunusobod tumani sudiga taqdim etilgan. Sud tomonidan S.I.ga bazaviy hisoblaş miqdorining ön beş baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi, 9 nafar fuqaroga bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi”, deyiladi IIBB xabarida.