Buxoro viloyatida içimlik suvi va oqova xizmatlar böyiça yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda «Özsuvta’minot» matbuot xizmati xabar berdi.

Unga köra, 2024 yilning 15 yanvaridan quyidagi belgilangan yangi tariflar amalda qöllanadi:

Içimlik suvi (1 metr kub):

  • aholi uçun — 3100 söm;
  • issiqlik ta’minoti, diniy taşkilotlar va boşqalar uçun — 3472 söm;
  • budjet taşkilotlari uçun — 7840 söm;
  • boşqa iste’molçilar uçun — 7840 söm.

Texnik suv (1 metr kub):

  • aholi uçun — 1500 söm;
  • boşqa iste’molçilar uçun — 1680 söm.

Oqova suv xizmati (1 metr kub):

  • aholi uçun — 2800 söm;
  • issiqlik ta’minoti, diniy taşkilotlar va boşqalar uçun — 3136 söm;
  • budjet taşkilotlari uçun — 5376 söm;
  • boşqa iste’molçilar uçun — 5376 söm.

Şuningdek «Damxöja suv ta’minoti» MÇJ içimlik suvi ta’minoti böyiça (1 metr kub):

  • aholi va suv ta’minoti korxonalari uçun — 650 söm; (suv ta’minoti korxonalari orqali)
  • boşqa yuridik iste’molçilar uçun — 1500 söm.

Qayd etilişiça, sönggi 6 yilda Buxoro viloyatida Jahon banki kreditlari hisobidan Qoraköl va Olot tumanlari aholisi suv ta’minotini yaxşilaş böyiça qiymati 139 million dollar hamda Buxoro va Kogon şaharlari oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qiliş böyiça umumiy qiymati 55 million dollar bölgan loyihaning amalga oşirilişi hisobiga viloyat aholisining markazlaşgan içimlik suv ta’minoti 51 foizdan 73,1 foizga, oqova xizmati bilan ta’minlanganlik darajasi 9,2 foizdan 16 foizga oşirildi.