Navoiy tibbiyot texnikumi direktori lavozimida işlab kelgan A’zamjon Mustafoyev turmuş örtoğining akasini öldiriş uçun qotil yollagan. Bu haqda “Bir jinoyat izidan” körsatuvida ma’lum qilindi.

Navoiy viloyati sudi axborot xizmatining Kun.uz’ga oçiqlaşiça, 2022 yilning mart oyida sodir etilgan mazkur jinoyat sudda körib çiqilgan.

Sud hukmida keltirilişiça, A’zamjon Mustafoyev va uning qaynakasi Abror Tursunov örtasida oldindan pul va yer bilan boğliq kelişmovçilik bölgan.

Fuqaro Abror Tursunovga tegişli, Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanidagi “Abrorbek porloq kelajagi” fermer xöjaligi yerlari 2018 yil mart oyida hokim qarori bilan hokimlik zaxirasiga qaytarib olinadi. Söngra tender ötkazilib, ekin maydonlari A’zamjon Mustafoyevning otasiga tegişli “Namunaning zarli dalasi” fermer xöjaligiga beriladi. Bundan norozi bölgan Abror Tursunov ekin yerlarini qaytarib oliş maqsadida tuman hokimining qarorini haqiqiy emas, deb topiş yuzasidan yuqori turuvçi idoralarga murojaat qila boşlagan.

Şu va boşqa sabablar tufayli A’zamjon Mustafoyev qaynakasi Abror Tursunovni qasddan öldiriş uçun reja tuzgan. Buning uçun u özidan 3 ming AQŞ dollari qarz olgan tanişidan foydalanadi: unga agar “killer” topib, Abror Tursunovni öldirsa, qarzidan voz keçişini hamda yana 7 ming AQŞ dollari berişini aytadi. Şifokor “iş” 15 mart kuniga qadar bajarilişi kerakligini ta’kidlaydi. Sababi, 15-16 mart kunlari “yer mojarosi” böyiça ötkaziladigan navbatdagi sud majlisida Abror Tursunov iştirok etmasligi kerak edi.

A’zamjon Mustafoyev hammasi pulning kuçi bilan xamirdan qil suğurgandek oson bitadi, deb öylagandi. Ammo unday bölmadi: “yollangan killer” şifokorga çora körişni sörab, prokuraturaga ariza bilan murojaat qiladi. Uning arizasi asosida tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlar hamkorligida tezkor tadbir ötkaziladi. Avvaliga jabrlanuvçi Abror Tursunov çöl hududiga olib çiqilib, uning öldirilganlik holati sahnalaştiriladi va suratga olinadi. Söngra suratlar buyurtmaçi A’zamjon Mustafoyevga taqdim qiliş uçun beriladi.

2022 yil 13 mart kuni A’zamjon Mustafoyev Narpay tumani Mirbozor qörğoni hududida “qotillik” uçun kelişilgan pulni bergan vaqtida qölga olinadi.

JIB Xatirçi tumani sudining 2022 yil 19 avgustdagi hukmi bilan A’zamjon Mustafoyev Jinoyat kodeksining 25, 28, 97-moddasi 2-qismi “i, p” bandlarida körsatilgan jinoyatni (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga nisbatan 15 yilga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.