Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Yaponiyadagi zilzila qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q” – O‘zbekiston elchixonasi
Yanvar oyi boshida Yaponiyada ketma-ket sodir bo‘lgan kuchli zilzilalar qurbonlari 168 nafarga yetgan, 323 kishi esa bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari aniqlanmagan.
O‘zbekiston elchixonasiga ko‘ra, Yaponiyadagi zilzila qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. O‘zbekiston diplomatlari Yaponiyaning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.
Axborot agentligining «Novosti» AA ma’lumotiga tayanib ma’lum qilishicha, bugungi kunda zilzila qurbonlari soni 168 nafarga yetgan, 323 kishi esa bedarak yo‘qolgan. Yaponiyaning Vadzima shahri rahbariyati 281 kishining qayerdaligi va xavfsizligini tasdiqlay olmagani sababli bedarak yo‘qolganlar soni ortgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 yanvar kuni Yaponiya markaziy qismida zilzila yuz berdi, uning magnitudasi 7,6 ni tashkil etdi. Keyingi kunlarda takroriy silkinishlar kuzatildi. Zilzila episentri Noto yarimorolida bo‘lib, u yerda ko‘plab binolar zarar ko‘rgan yoki vayron bo‘lgan. Isikava prefekturasining Vadzima shahrida yong‘in natijasida tarixiy bozor mavzelariga jiddiy shikast yetgan.
Oldinroq Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 110 kishiga yetgani, 210 kishi bedarak yo‘qolgani, sunami kuzatilmagani hamda AES ishlayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026