Fransiya boş vaziri lavozimiga 34 yoşli ta’lim vaziri Gabriel Attal tayinlandi, deb xabar berdi DW. 

Attal Fransiya tarixidagi eng yoş boş vazir böldi. Yaqin orada u prezident Emmanuel Makronga yangi hukumatni şakllantiriş böyiça takliflar kiritişi kerak. 

8 yanvar kuni Fransiya boş vaziri Elizabet Born iste’foga çiqişini e’lon qildi va Makron buni qabul qilgan edi. Born vazirlar mahkamasiga 1 yilu 7 oy rahbarlik qildi. Bu vaqt içida u Konstitutsiyadagi parlament roziligisiz qonun qabul qilişni nazarda tutuvçi bandga 23 marta murojaat qildi, jumladan, ommaviy noroziliklarga sabab bölgan pensiya islohoti qonunini. 

Attal Makronning «Uyğoniş» partiyasiga 2016 yilda a’zo bölgan. Keyinçalik u partiya matbuot kotibi lavozimini egalladi, söngra hukumatdagi birinçi lavozimiga tayinlandi.