Keça, 9 yanvar kuni soat 20:30 larda Namangan viloyatining Pop tumani hududidan ötuvçi A-373 avtomobil yöli 225-kilometrida yöl-transport hodisasi qayd etildi.
Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabariga köra, "Vodiy-Toşkent" yönalişida harakatlangan Chacman rusumli yuk avtomobili haydovçisi, 1988 yilda tuğilgan N.I. tezlikni oşirgani sababli rul boşqaruvini yöqotgan va yölni ikkiga ajratib turuvçi temir tösiqqa urilib ağdarilgan. YTH natijasida transport vositasida yonğin yuzaga kelgan.

Yonğin öt öçiruvçilar tomonidan bartaraf etilgan.
Hodisa natijasida haydovçi N.I. va yölovçisi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda uşbu YTH yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.














