Samarqandda ikki nafar soliq xodimi pora olgani uçun qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi xabar bermoqda.

Ma’lum bölişiça, Samarqand tumani soliq inspeksiyasi xodimi Bulunğur tumanida tadbirkorlik bilan şuğullanuvçi tadbirkorga soliqlardan asossiz hisoblangan qarzdorlikni kamaytirişda yordam berişini aytadi.

Soliqçi uşbu “xizmati” evaziga 1000 dollar talab qiladi. Söng Bulunğur tumani soliq inspeksiyasida kameral soliq tekşiruvlari şu’basi boşliği lavozimida işlovçi tanişini şerik qiladi.

Soliqçi Samarqand şahridagi kafelardan birida tadbirkordan “xizmat haqi” sifatida 500 dollar olayotganda aşyoviy dalillar bilan uşlanadi.

Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida ötkazilgan sud majlisida soliq xodimlariga hukm öqilgan. Ularning ikkalasi ham Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora oliş) 2-qismi “v” bandi bilan aybdor deb topilib, 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.