Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

  • budjetlaştiriş dasturiy tizimini joriy qilişda budjet dasturlarini işlab çiqiş tartibi va muddatlari;
  • budjet dasturining maqsadli körsatkiçlari va ularga qöyiladigan talablar;
  • budjet dasturlarini moliyalaştiriş manbalari;
  • budjet dasturlarining bajarilişini ta’minlaş va nazorat qiliş, şuningdek ularning ijrosi böyiça hisobotlarni tayyorlaş;
  • budjet dasturlarining samaradorligini baholaş va ularning realizatsiyasi töğrisidagi ma’lumotlarning şaffofligini ta’minlaş.

Budjet dasturlarini işlab çiqiş va amalga oşirişning ustuvor yönalişlari:

  • davlat budjetidan har yilgi ajratmalar doirasida aniq maqsadlar va natijalar asosida sifat va miqdoriy körsatkiçlarni (indikatorlarni) şakllantiriş;
  • budjet loyihasini tayyorlaş va qabul qilişda budjet taqsimlovçilarning moliyaviy mustaqilligini oşiriş;
  • budjet dasturlarini amalga oşiriş uçun mas’ul bölgan budjet taqsimlovçilarning jamoatçilik oldida hisobdorligi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda belgilangan strategik maqsad va vazifalardan kelib çiqib amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar samaradorligini tahlil qiliş va baholaş.

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga 2024 yil 1 sentabrgaça UzASBO dasturiy kompleksida budjet dasturlarini şakllantiriş, tasdiqlaş, röyxatga oliş va amalga oşiriş böyiça hisobotlarni elektron şaklda taqdim etiş topşirilgan.