Somalida «Aş-Şabob» guruhi a’zolari Birlaşgan Millatlar Taşkilotining vertolyotini ekipaji va yölovçilari bilan birga olib qoçdi. Bu haqda Reuters agentligiga mahalliy harbiy amaldor ma’lum qildi. 

BMT vertolyoti Somalining markazidagi Beledveyn şahridan havoga kötarilib, hukumat kuçlari va «Aş-Şabob» kuçlari örtasidagi töqnaşuv çiziği yaqinida joylaşgan Visil şahriga yöl olgan. Vertolyot havoga kötarilganidan köp ötmay, texnik muammo tufayli, guruh nazorati ostidagi hududga favqulodda qönişni amalga oşirgan. 

Vertolyotda tibbiy buyumlar bölgan va u Galmudug tumanidan yarador askarlarni olib ketişi kerak edi. Reuters naşriga köra, bortda ikki somalilik va bir neça xorijlik bölgan. 

Vertolyot Somaliga yordam körsatuvçi BMT missiyasiga tegişli bölib, ekipajda beş nafar xorijlik bölgan. Ularning taqdiri noma’lum. 

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti vertolyotning olib qoçilişi haqidagi xabarlarga hozirça izoh bermadi. 

«Aş-Şabob» guruhi Somalining janubi va markazidagi aksariyat hududni nazorat qiladi, biroq qöşni davlatlarga, jumladan Keniyaga qarşi ham harakat qiladi. 

2007 yildan 2012 yilgaça «Aş-Şabob» jangarilari 500 dan ortiq teraktlar uyuştirgan. 2012 yilda guruh «Al-Qoida»ga qöşilgan. 2015 yil dekabrida 200 ga yaqin jangari «Islomiy davlat»ga bay’at bergan edi. 

«Aş-Şabob» jangarilari köpinça xorijliklar, jumladan, xalqaro taşkilotlar vakillari joylaşgan mehmonxonalarga hujum qiladi.