Havo ifloslanişi – ançadan beri aktual muammo. Lekin sönggi vaqtlarda Toşkentda yoğingarçilik bölmasa, salomatligi zaif yoki soğliğini öylagan odamning niqobsiz yurişi qiyin bölib qoldi. Ifloslaniş darajasini meteostansiyalar qayd etayotgan obektiv raqamlar ham tasdiqlab turibdi. Aynan şular asosida Özbekiston poytaxti tez-tez dunyoda havosi eng iflos şaharlar reytingida eng yuqori örinlarga çiqib qolyapti.

Şunday vaziyatda Ekologiya vazirligining oylar davomida sukut saqlab kelayotgani ajablanarli. Vazirlik heç bölmasa bunday şaroitda qilinişi kerak bölgan elementar çora – aholi uçun zarur tavsiyalar berib borişni ham öziga ep körmadi.

Kun.uz bir neça marta vazirlikdan havo ifloslanişi böyiça savollariga javob beroladigan mutaxassis ajratib berişini söragandi, ammo javob bölmagaç, taşkilotning öziga muxbir jönatişga majbur böldi.

Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xodimi Nizomiddin Islomovning muxbirimizga aytişiça, poytaxt atmosferasining ifloslanişi muammosi örganilyapti, bu böyiça alohida guruh tuzilgan. “Ular vaziyat dolzarb va murakkab ekanini aytişgan”, – dedi u.

Rasmiy vakil 12 yanvar kuni vazirlik rasmiylari OAV bilan yuzma-yuz uçraşib, savollariga javob berişini va’da qildi.

Anjumanning aniq vaqti va joyi hozirça noma’lum bölib qolmoqda. Oqşom soat 20:00 dan oşdi hamki, vazirlik bu haqda öz resurslarida e’lon joylaştirganiça yöq.