Boş prokuratura huzuridagi departamentning xabar berişiça, departamentning Toşkent viloyat boşqarmasi tomonidan Çirçiq şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan S.S. 3 000 AQŞ dollarini fuqaro E.M.ga 37,2 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.
Tekşiruv davomida uning yonidan yana 1 304 AQŞ dollari, 100 yevro va 70 ming Qozoğiston tengesi aşyoviy dalil sifatida olingan.
Şu kabi, departamentning Samarqand tuman bölimi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda valuta ayirboşlaş bilan şuğullanib kelgan M.O. 3 200 AQŞ dollarini fuqaro A.A.ga 39,6 mln sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.












