Haagadagi Xalqaro jinoiy sud Ğazo sektorida falastinliklarga qarşi genotsidda ayblangan Isroilga qarşi da’voni körib çiqişni boşladi. Iş böyiça yakuniy qaror qabul qilinguniça yillar ketişi mumkin, ammo şu bilan birgalikda sud vaqtinça çora sifatida Ğazo sektorida harbiy harakatlarni töxtatişni talab qiliş huquqiga ega. Agar şunday bölsa, Isroil esa bunga rioya qilmasa, buning oqibatlari obrösi tökilişi va siyosiy bosimdan tortib uçinçi davlatlarning sanksiyalari hamda BMT rezolyutsiyasigaça bölişi mumkin. Huquqşunoslar buni misli körilmagan iş deb ataşmoqda — yahudiylar davlati tarixda ilk bor xolokost davrida yahudiylar yoppasiga qirib taşlanganidan keyin qabul qilingan konvensiya doirasida sud qilinmoqda.

JARning Isroilga qarşi da’vosi 2023 yil dekabr oyi oxirida berilgandi. 84-sahifalik hujjatda aytilişiça, Isroilning Ğazo sektoridagi «harakatlari va harakatsizligi genotsid xarakteriga ega, çunki bu Ğazodagi falastinliklarning katta qismini milliy, irqiy va etnik guruh sifatida yöq qiliş maqsadida amalga oşirilmoqda».

Isroil ayblovlarni rad etmoqda va HAMASga qarşi uruşni xalqaro huquq doirasida olib borayotganini ta’kidlamoqda. Isroil hukumatining bayonotida mamlakat harbiylarining harakatlari faqat HAMAS terrorçi taşkiloti hamda u bilan hamkorlik qiluvçi  boşqa guruhlarga qarşi qaratilgan.

Mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahu JAR hukumatining da’vosiga javoban Isroil HAMAS bilan uruşda özini «bemisl darajada odobli tutayotgani»ni bildirgan. «Yöq, JAR, genotsid qilayotgan biz emas, bu HAMASdir. Va ular qölidan kelsa bizning barçamizni öldirgan bölardi. TsAHAL esa, aksinça, imkon qadar odob-axloq doirasida harakat qilmoqda», — degan Isroil boş vaziri vazirlar kabinetining 31 dekabr kungi yiğilişida.

Isroil prezidenti Itşak Hersog esa Janubiy Afrika respublikasining da’volaridan köra «şafqatsiz va  tuturuqsiz» narsa yöqligini ta’kidlagan. U HAMAS oçiqçasiga yahudiy xalqining yagona davlati bölmiş Isroilni yöq qilişga çaqirişini eslatib ötgan.

Qöşma Ştatlarda ham JARning Isroilga qarşi ayblovlariga qöşilişmayapti. AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşining strategik kommunikatsiyalar böyiça koordinatori Jon Kirbi 3 yanvar kuni ularni «asoslanmagan, samarasiz va mutlaqo asoslarga ega bölmagan» deb atagandi. Keyinroq davlat kotibi Entoni Blinken ham taxminan şu sözlarni takrorladi.

Foto: 11 yanvar kungi sud majlisidan lavhalar.