“Elektrotexnika sanoatining işlab çiqariş va eksport salohiyatini yanada oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga asosan, 2024 yil 1 fevraldan Özbekistonga olib kirişda sifati, xavfsizligi va servis kafolatini ta’minlaydigan işlab çiqaruvçining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bölişi talab qilinadigan mahsulotlar röyxati tasdiqlandi. Röyxatga quyidagilarga kiritilgan:
– alyumin radiator;
– suv isitiş qozoni;
– suv isitkiç;
– buğ qozoni;
– çangyutkiç;
– kir yuviş maşinasi;
– sovutkiç, muzlatkiç;
– televizor, monitor;
– maişiy gaz peçi;
– duxovka, peçka;
– mikrotölqinli peç,
– dazmol;
– suv qaynatkiç;
– konditsioner;
– suv nasosi.
Elektrotexnika sanoatida amalga oşiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalaştiriş uçun 2024-2026 yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQŞ dollari miqdorida kredit liniyasi oçiladi.
Bunda, banklar tomonidan tadbirkorlarga 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga yillik 7 foiz stavkada (şundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi.
2027 yil 1 yanvargaça elektrotexnika mahsulotlarini sotişdan tuşgan tuşumi miqdori umumiy tuşumining 80 foizidan kam bölmagan elektrotexnika tarmoği korxonalariga foyda soliği va mol-mulk soliği böyiça stavkalar 50 foizga kamaytiriladi.
2024 yil 1 apreldan davlat xaridlari doirasida çet ellik yetkazib beruvçilar bilan bir qatorda mahalliy işlab çiqaruvçilar iştirok etganda ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Özbekiston) narxidan quyidagi miqdorlarda narx preferensiyasi beriladi:
- 3 ta va undan ortiq mahalliy işlab çiqaruvçi iştirok etgan taqdirda 15 foiz;

















