2023 yil davomida 6,6 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari orasida qarindoshlarni yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi – 5,6 mln kishi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan safar maqsadlari kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
— dam olish – 773,2 ming kishi;
— xizmat yuzasidan – 143,5 ming kishi;
— tijorat – 70,4 ming kishi;
— davolanish – 61,3 ming kishi;
— o‘qish maqsadida – 16,8 ming kishi.
















