Apple öz smartfonlarida minimal operativ xotira hajmini oşiradi. Bu haqda MacRumors naşri xabar berdi.
Haitong International Securities investitsiya kompaniyasi tahlilçisi Jyeff Pu sözlariga köra, iPhone 16 liniyasidagi barça qurilmalar 8 gigabayt operativ xotiraga ega böladi. Qayd qilinişiça, operativ xotira oşişi iPhone smartfonlarining köp vazifali rejimda işlaşini yaxşilaşi mumkin.
Şuningdek, Apple smartfonlari keyingi avlodining barça qurilmalari Wi-Fi 6E texnologiyasini qöllab-quvvatlaydi. Uşbu standart 6 gigagers diapazonida ma’lumotlarni uzatiş imkonini beradi, simsiz aloqa tezligini oşiradi va tösiqlarni kamaytiradi. Yangi aloqa standarti Wi-Fi 7 bölib, u yanada yuqori standartlarni ta’minlaydi, xususan, kanal ötkazuvçanligi 160 dan 320 megagersgaça oşadi.
Hozirgi avlodda faqat iPhone 15 Pro va 15 Pro Max top-qurilmalarida 8 gigabayt operativ xotira mavjud. iPhone 15 va 15 Plus boşlanğiç modellari 6 gigabayt xotiraga ega. iPhone 16 smartfonlari seriyasi sentabr oyida taqdim qilinişi kutilmoqda.
2023 yil dekabr oyida MacRumors jurnalistlari iPhone 16 seriyasining barça modellari bitta A18 protsessoriga ega bölişini aytişdi. Çip Tahiti nomi ostida paydo böladi.












