Özbekiston taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Bahrom A’loyev Kuvayt elçisi Ahmad al-Jiyron bilan uçraşuv ötkazdi.
TIV ma’lumotiga köra, tomonlar Özbekiston va Kuvayt örtasidagi köp qirrali şeriklikning bugungi holati va uni rivojlantiriş istiqbollari, ikki hamda köp tomonlama şakldagi bölajak tadbirlar jadvalini körib çiqdi.
Iqtisodiy diplomatiyani faollaştiriş, jumladan, tovar ayirboşlaş hajmini yanada oşiriş, investitsiyalarni keng jalb etiş va qöşma loyihalarni röyobga çiqariş böyiça çora-tadbirlar körişga alohida e’tibor qaratildi.












