Big Data va sun’iy intellektga asoslangan raqamli reklamaga ixtisoslashgan kompaniya Yangi yil bayramlarida ko‘ngilochar maskanlar tahlilini o‘tkazdi.

Yangi yil bayramida yorqin bezaklar, turli ko‘ngilochar va noz-ne’matlar tobora ko‘proq O‘zbekiston aholisini o‘ziga jalb etib, ularga bayramona kayfiyat ulashmoqda. Beeline Uzbekistan raqamli operatori bilan birgalikda VEON AdTech 29 dekabrdan 5 yanvargacha poytaxtdagi Yangi yil maskanlariga tashrif buyuruvchilar sonini tahlil qilib, TOP-5 ro‘yxatini tuzdi. Ammo dastlab qiziqarli statistika bilan tanishamiz.

Tanlangan davr mobaynida dam olish maskanlariga 172 963 kishi tashrif buyurgan, ularning 51%i erkaklar va 49%i ayollardir. Eng ko‘p piyoda yurganlar soni 5 yanvarda – 28 289 kishi, eng kami esa 1 yanvarda – 21 084. Yurishning eng yuqori vaqti 17:00 dan 21:00 gacha, maskanda o‘rtacha o‘tkazilgan vaqt esa 57 daqiqani tashkil qilgan. Tahlilchilar buni festivallar dasturlari va uzoq sovuqdan keyin kelgan iliq quyoshli ob-havo bilan bog‘lashmoqda.

Shunday qilib, 2023-2024 yilda Toshkent shahridagi TOP-5 ta yangi yil maskanlari joylashuvi:

Tashkent City

Bayram tantanalari davomida majmuaga 26 791 kishi tashrif buyurdi. Ehtimol, bu uning rivojlangan infratuzilmasi bilan bog‘liqdir: do‘konlar, restoranlar, planetariy va boshqa ko‘ngilochar joylar bo‘sh vaqtni xilma-xil ko‘ngilxushliklarga boy tarzda o‘tkazish imkonini beradi. 5 yanvar eng gavjum kun bo‘ldi – 4 667 kishi boqqa tashrif buyurib, bu yerda o‘rtacha 58 daqiqa vaqt sarfladi.

Magic City

2 yanvar sayilgohga eng ko‘p – 3 063 kishi tashrif buyurgan kun bo‘ldi. Jami bu yerga 17 165 kishi tashrif buyurib, tashrif davomiyligi o‘rtacha 60 daqiqani tashkil etdi. Bu ayollar va erkaklar nisbati yuqori bo‘lgan TOP-5 dagi birinchi joy - 51% ga qarshi 49%.

Humo Arena

Muz saroyi oldidagi hudud tashrif davomiyligi bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi – o‘rtacha 72 daqiqa. Qizig‘i shundaki, bu yerda erkaklar va ayollar nisbati Magic City'dagi kabi. Gipotezaga ko‘ra, bu joylarning jug‘rofiy yaqinligi bilan bog‘liq va sayyohlar ularga xuddi shu kuni tashrif buyurishlari mumkin edi. Bayram kunlarida “Humo Arena” archasiga jami 15 199 kishi kelgan bo‘lsa, eng ko‘p ko‘rsatkich 2 yanvar kuni qayd etilib — 2 745 nafar odam tashrif buyurgan.