Biznesni raqamlashtirish va uning daromadliligini oshirish zamonaviy dunyoda tobora muhim vazifaga aylanib bormoqda. Bunga erishish uchun VEON AdTech turli savdo tarmoqlarini optimallashtirish uchun mo‘ljallangan innovatsion yechimlarni taklif etadi.

VEON AdTech takliflari asosida VEON telekommunikatsiya holdingi shu’ba korxonasi — Beeline Uzbekistan raqamli operatori bazasida jamlangan ma’lumotlarni qayta ishlash yotadi. Kompaniyalar birgalikda analitik, fintex va reklama mahsulotlarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda. Maqolada biznesni transformatsiya qilish uchun ma’lumotlar tahlili jarayoni, sun’iy intellekt va katta ma’lumotlar bazasini birlashtirgan noyob raqamli mahsulot, VEON AdTech haqida so‘z boradi.

DSP-platformasi: reklama sohasidagi inqilob

 DSP (Demand-side platformasi) — bu veb saytlar va mobil ilovalarda reklama joylashtirish uchun foydalaniladigan texnologik yechim. Platforma VEON kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi uyali aloqa operatorlari ma’lumotlari asosida auditoriyani tahlil qiladi. Bu reklama beruvchilarga ma’lumotlar maxfiyligini saqlab qolgan holda, mijozlarning xohishlari, qiziqishlari va xatti-harakatlari asosida ularni aniqlash imkonini beradi.

Mahalliy insaytlar bilan global qamrov

VEON AdTechʼning DSP-platformasidan foydalangan holda reklama beruvchilar xalqaro bozorlarga chiqishlari mumkin. Bunga ko‘plab mamlakatlarda, jumladan, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Pokiston va Bangladeshda VEON guruhi bo‘linmalari faoliyat yuritishlari imkon beradi. Reklama kampaniyalari turli raqamli kanallar, jumladan aloqa operatorlari ilovalari orqali ishga tushiriladi, bu esa auditoriyani maksimal qamrab olish imkonini beradi. Bunday yondashuv kompaniyalarning bizneslari o‘sishini rag‘batlantirib, marketing strategiyasini bozorga moslashtirishga imkon beradi.

Shovqinni yengib: pretsizion marketing vositasi

DSP-platformasi internet foydalanuvchilari bilan bevosita muloqotni ta’minlaydigan pretsizion (aniq yo‘naltirilgan) marketing vositasidir. Bunday yondashuv foydalanuvchilarning «bannerli reklama» bilan bog‘liq boshog‘riqlarini va haddan tashqari ko‘p ma’lumotlardan foydalanish yuklamasini qisqartirishga yordam beradi. Targetingning kengaytirilgan imkoniyatlari kompaniyalarning konversiya va mijozlarni jalb qilishlarini ta’minlab, ularga maqsadli auditoriyani samarali qamrab olishga imkon beradi.

DSP 2.0 yangilanishi: reklama vositalarining yangi bosqichi