O‘zbekiston | 14:00 / 20.06.2024
1703
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Taxminlardan faktlarga: A/B-testining ahamiyati

Foto: VEON AdTech

O‘z qarorlarimiz to‘g‘ri ekanligiga qanday ishonch hosil qilishimiz mumkin? Marketingda bu savolga javob topishda yordam beradigan eng samarali vositalardan biri — A/B-test hisoblanadi.

Ilgari marketing strategiyalari ko‘pincha bilbordlar, bosma ommaviy axborot vositalari va televideniye kabi ommaviy aloqa kanallari orqali ayni bir xil reklama xabarining bir vaqtdagi translatsiyasiga asoslangan edi. Shundan kelib chiqib, reklama keng ommaga ko‘rsatiladi, reklama beruvchi esa bu faqat kerakli foydalanuvchini qiziqtirishiga umid qilishi mumkin edi xolos. Biroq, endi siz "spray and pray" prinsipi bo‘yicha reklama boshlashingiz va omadning o‘zigagina umid qilishingiz shart emas. A/B-testi yuqori samaradorlikni ta’minlab, har bir marketologning orzusini ro‘yobga chiqaradi.

Reklamadagi A/B-testi — qaysi biri yaxshiroq ishlashini aniqlash uchun bir xil reklama kampaniyasining ikki yoki undan ortiq variantini solishtirish imkonini beruvchi vosita sanaladi. Reklama borasida mashhur amerikalik biznesmen Jon Vanameyker shunday degan edi: "Mening reklamaga sarflagan pulimning yarmi behuda ketadi va muammo shundaki, men o‘sha yarmi qaysi biri ekanligini bilmayman". A/B-testi esa bu muammoni hal qiladi. Ushbu instrument foydalanuvchilarning nimani afzal ko‘rishlarini tushunishga, auditoriyani test qilishga, reklama kampaniyalarining dastlabki samaradorligini o‘lchashga va hatto tadqiqot hamda so‘rovnomalar o‘tkazishga imkon beradi. Biz esa ushbu qadamlarning barchasini birlashtirib, sizning reklama kampaniyangizning muvaffaqiyatini kafolatlaydigan mukammal yechim taklif etamiz.

Biroq, A/B-testi faqat marketing bilan cheklanib qolmaydi. U shuningdek, biznesning turli sohalarida, jumladan, veb-dizayn, mahsulot ishlab chiqish, jarayonni optimallashtirish va hatto biznes strategiyalarini tayyorlashda ham foydali vosita bo‘lishi mumkin.

A/B-testining bu qadar muhimligining asosiy sabablaridan biri uning obektiv ma’lumotlarni taqdim etish qobiliyatidir. Bunda taxminlar yoki qandaydir sezgilarga (intuitsiya) tayanish o‘rniga, korxonalar haqiqiy test natijalaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

VEON AdTech kompaniyasida biz DSP -platformasi orqali va maqsadli (targetlangan) SMS-xabarnomalar doirasida, reklama kampaniyasini ishga tushirmoqchi bo‘lgan barcha mijozlar uchun A/B-testini o‘tkazamiz. Bu zamonaviy marketing dunyosida mediani rejalashtirishning ajralmas va samarali qismi hisoblanadi. Turli auditoriyalar va reklama yetkazib berish kanallari, jumladan SMS, dijital-reklama va elektron pochta uchun turli gipotezalarni test qilib, biz doimo muammoning ideal yechimini topishga intilamiz.

Strategiyalaringizni tahlil qiling hamda ularni takomillashtiring va barcha harakatlaringiz muvaffaqiyatli yechim topadi.

Kompaniya haqida

VEON AdTech— dijital va performance marketing hamda zamonaviy reklama texnologiyalarini, jumladan, o‘zining dasturiy platformalarini rivojlantirib boruvchi VEON kompaniyalar tarmog‘ining bir qismi hisoblanadi.

Kompaniya o‘z ish faoliyatida Big Data, sun’iy intellekt va machine-learning  texnologiyalaridan foydalanadi. VEON AdTech yuqori aniqlikdagi targeting xizmatlari, bozor ehtiyojlarini o‘rganish va do‘konlardagi mijozlar faolligini yoki tanlangan hududlardagi trafikni tahlil qilish xizmatlarini taklif qiladi. Raqamli marketing xizmatlari har qanday masshtabdagi bizneslarga, shuningdek, davlat sektoriga ham mo‘ljallangan.

Facebook: fb.com/VEONAdTech.Solutions

Telegram: t.me/VeonAdTech

Twitter: twitter.com/VEON_AdTech

LinkedIn: linkedin.com/company/veon-adtech

 Reklama

Mavzuga oid