Yevropa Ittifoqi kengaşi 16 yanvar kuni HAMAS siyosiy yetakçisi Yahyo Sinvarni Yevropa terrorçilar röyxatiga qöşganini ma’lum qildi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
«Uşbu qaror Yevropa Ittifoqining HAMAS tahdidiga hamda 2023 yil 7 oktyabrda Isroilga qarşi şafqatsiz va beğaraz terrorçilik hujumlariga qarşi javobining bir qismidir. Bu sanksiyalar bugundan kuçga kiradi», deyiladi YeI Kengaşi bayonotida.
Xabarda Sinvarning Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlardagi mablağlari va boşqa moliyaviy aktivlari muzlatilganiga oydinlik kiritiladi. Yevropa Ittifoqi operatorlariga uni mablağ va iqtisodiy resurslar bilan ta’minlaş ham taqiqlangan.
Kengaş tomonidan tasdiqlangan tegişli huquqiy hujjatlar Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida e’lon qilindi.
Bryusselning tuşuntirişiça, Yevropa terrorçilar röyxati, ya’ni Yevropa Ittifoqining sanksiyalar rejimi BMT Xavfsizlik Kengaşining tegişli rezolyutsiyalarini amalga oşiruvçi Yevropa rejimidan ajratilgan bölib, Al-Qoida va IŞID terrorçilik guruhlariga qarşi qaratilgan. Yevropa Ittifoqi uşbu guruh bilan aloqador yoki ularni qöllab-quvvatlovçi şaxslar va taşkilotlarga qarşi mustaqil ravişda özining çeklovçi çoralarini qöllaşi mumkin.
Yahyo Ibrohim Hasan Sinvar Ğazo sektoridagi HAMAS yetakçisi va uşbu guruhning harbiy qanoti asosçilaridan biri hisoblanadi.













